"Barselona"ning hujumi yana bir yorqin o‘yin o‘tkazdi. Bu safar "Malyorka" yutqazdi (5:1). Kataloniyaliklar uchun hammasi unchalik oddiy emasdi: faqatgina 56-daqiqada Rafinya Diasning penaltidan urgan goli evaziga jamoa oldinga chiqib oldi.
Shundan so‘ng, “ko‘k-anorranglilar” yana uch marta darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi va masalani yirik hisobda g‘alabaga olib kelishdi. E’tiborlisi, “Barselona” uchun bu Xans-Diter Flik qo‘l ostida beshta gol urilgan beshinchi o‘yin bo‘ldi.
Bungacha “Vilyarreal” (5:1), “Yang Boyz” (5:0), “Sevilya” (5:1) va “Srvena Zvezda” (5:2) jamoalari beshtadan gol urishgandi. Shuningdek, “Valyadolid” ustidan 7:0 hisobida g‘alaba qozonildi.