"Manchester Siti" inqirozda. Mavsumning so‘nggi yetti uchrashuvida Pep Gvardiola shogirdlari bitta durang va oltita mag‘lubiyatga uchradi.
Hujumkor yarim himoyachi Fil Foden bu mavsumda Premyer-ligada atigi bitta o‘yin o‘tkazganidan so‘ng tanqidlarga duchor bo‘lmoqda.
O‘z tanqidchilarining ovozini o‘chirishga urinib, Foden seshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Bu Filning "Manchester Siti" a’zosi sifatida qo‘lga kiritgan sovrinlari fotosuratidan iborat edi.