Kataloniya matbuoti yana «Barselona»ning Italiyaning «Milan» klubi hujumchisi Rafael Leauga qiziqishi haqida yozdi. Bu gal bu haqda «El Nacional» xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, «Barselona» qishda kamida bitta top o‘yinchi bilan kuchaymoqchi va «Barselona»ning unga ko‘p yillik qiziqishini hisobga olsak, Leau eng mantiqiy xarid bo‘lib ko‘rinadi.
Klub «Barselona» prezidenti Joan Laportaning Jorje Mendesh bilan juda yaxshi munosabatda ekanligiga, u esa o‘z navbatida Leau ishlarini boshqarishiga tayanadi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi hozirgi jamoasida 2019 yildan buyon to‘p tepmoqda.