Londonning "Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya Premyer-ligasining yana bir top-klubida ishlashga qiziqmoqda.
Jurnalist Kristian Falk bergan xabarga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ni boshqarishni istamoqda.
Ma’lum qilinishicha, agar amaldagi murabbiy Erik ten Xag iste’foga chiqarilsa, Tuxel "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lish uchun favorit bo‘ladi.
Ten Xag ishdan bo‘shatilishga juda yaqin turibdi.