Brayan Saragosa kecha "Sevilya"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida qanot yarim himoyachisi biroz oqsoqlanib maydonni tark etdi.
23 yoshli futbolchida o‘tkazilgan tekshiruvlar o‘ng oyog‘ining metatarsal suyagi singanini tasdiqladi. Ispaniyalik futbolchi taxminan bir yarim oy kasalxonada qolishi kutilmoqda. Shu tariqa, "Osasuna" 2025 yilning o‘rtalariga qadar asosiy hujumkor iqtidorlaridan birini yo‘qotdi.
Yozda “Bavariya”dan ijaraga olingan Brayan Saragosa joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.