Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos qishda klubini o‘zgartirmaydi.
«Relevo» xabariga ko‘ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Betis» qiziqish bildirgan. Biroq so‘nggi vaqtlarda Dani Madridda ko‘p o‘yin amaliyoti olayotgani uchun kelishuvga erishish deyarli imkonsizga aylangan.
Sebalyosning o‘zi ham qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi.