"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich, agar hammasi rejadagidek ketsa, Bundesliganing 13-turi doirasidagi "Xaydenxaym"ga qarshi o‘yingacha to‘liq tiklanadi.
Joriy mavsumda Pavlovich barcha turnirlarda 9 ta o‘yin o‘tkazib, bir gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
"Bavariya" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yosip Stanishich ham shu oy oxirida mashg‘ulotlarga qaytishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Stanishich tizzasidan jarohat olgan edi.