Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Atalanta"da ijara asosida o‘ynayotgan "Galatasaroy" vingeri Nikolo Dzanyolo haqida gapirdi.
"Dzanyoloda katta imkoniyatlar bor. Men uni muntazam ravishda terma jamoaga chaqirardim. Nikolo ham qanot himoyachisi, ham hujumchi sifatida o‘ynay oladi. Jismoniy imkoniyatlar odatda, katta o‘yinlarda raqobatbardosh bo‘lish uchun zarur bo‘lgan asosiy fazilatlardan biridir. Buni Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan so‘nggi o‘yinimiz yaqqol ko‘rsatdi", — deydi Spaletti.
Dzanyolo joriy mavsumda “Atalanta”ning 13 ta o‘yinida qatnashib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.