Yaqin vaqt ichida "PSJ" portugaliyalik yarim himoyachi Vitinya bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qiladi. U 2029 yil iyunigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Vitinya 2022 yilning iyulida "Portu"dan "PSJ"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda 24 yoshli markaziy yarim himoyachi Liga 1da 10 ta, Chempionlar ligasida esa 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Oldinroq "PSJ" "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohga qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi.