Germaniya terma jamoasi va “RB Leypsig” klubi himoyachisi David Raum faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" chap qanot himoyachisiga qiziqish bildirmoqda va o‘z o‘rnini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, mankunianliklar futbolchi bilan yozda ham muloqot qilishgan.
26 yoshli Raum joriy mavsumda “RB Leypsig”ning 9 ta o‘yinida ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Nemisning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.