Rojer Shmidt va Erik ten Xag "Leypsig" bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar qatoridan joy oldi.
Sky Deutchland xabariga ko‘ra, nemis klubi bosh murabbiy Marko Rozeni iste’foga chiqarish haqida o‘ylamoqda.
"Leypsig" barcha musobaqalarda so‘nggi 6 o‘yinda 5 ta mag‘lubiyatga uchradi. Klub 12 turdan so‘ng Bundesligada 4-o‘rinda, shuningdek, Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 5 o‘yinda 0 ochko bilan 34-o‘rinda bormoqda.
Roze o‘rniga nomzodlar orasida avvalroq klub qiziqishlari doirasida bo‘lgan Rojer Shmidt va Erik ten Xag ham bor.
Mavsum davomida ikkala murabbiy ham ishdan bo‘shatildi. Qayd etilishicha, 57 yoshli Shmidt hozir ish boshlashga tayyor emas va yozgacha kutmoqchi.