"Vest Xem" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi tez orada iste’foga chiqarilishi mumkin.
"Bolg‘achilar" 13-turdan keyin APL turnir jadvalida 14-o‘rinda - jamoa 15 ochko jamg‘argan. The Guardian xabariga ko‘ra, "Vest Xem" Lopetegi iste’foga chiqarilgan taqdirda Serxio Konseysauni tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
50 yoshli portugaliyalik hozirda ishsiz. O‘tgan mavsum oxirida u 7 yil davomida o‘zi boshqargan "Portu"ni tark etdi.