"Atalanta" bosh direktori Luka Perkassi Mateo Retegini sotib olish haqida gapirdi.
"Mateoning bizga tezda qo‘shilib ketgani yaxshi. Biz uni nafaqat Italiyadagi, balki Argentinadagi o‘yinlaridan ham bilardik.
Uning gol urish instinkti bizni doim hayratda qoldirgan.
Albatta, biz shartnomani juda tez tuzdik va bu borada omadimiz keldi. Umid qilamizki, Skamakka imkon qadar tezroq qaytadi, ammo har holda biz "Atalanta" DNKsi bo‘lgan futbolchini sotib olishga muvaffaq bo‘ldik", - deya italyan klubi bosh direktorining so‘zlaridan iqtibos keltiradi DAZN.