«Barselona» kelasi yozda chap qanot hujumiga yuqori darajadagi futbolchi olib kelishni maqsad qilgan.
«Sport» nashri xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati «Napoli» vingeri Xvicha Kvarasxeliyani chap qanot hujumida asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.
23 yoshli gruzinning neapolliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Agar yangi kelishuv imzolanmasa, «Napoli» uni sotishga tayyor.