"Real" hujumchisi Endrik hamon asosiy tarkibdan uzoqda.
Braziliyalik futbolchining Yevropadagi debyut mavsumi yaxshi kechmayapti: hozirda 18 yoshli futbolchi faqat zaxiradan maydonga tushmoqda yoki umuman zaxira o‘rindig‘ida qoladi va uning ayni damdagi so‘nggi samarali harakati sentabrga to‘g‘ri keladi. Jurnalist Xorxe Pikon ta’kidlaganidek, joriy mavsumda "Real"ning barcha futbolchilari orasida Endrikga (136) qaraganda faqat Xesus Valyexo (10) kamroq daqiqa maydonda o‘tkazgan.
"Palmeyras"ning sobiq yulduzi Karlo Anchelotti jamoasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.