"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska o‘z jamoasini APL chempionligi uchun da’vogarlar qatorida ko‘rmayotgani sabablarini tushuntirdi.
"Bu fikr ingliz tilida tushunarli yoki yo‘qligini bilmayman, lekin o‘yinchilar tajriba bilan yashashlari kerak. Ulardan ba’zilari uchun o‘tgan mavsumdagi Liga kubogi finali faoliyatidagi eng muhim o‘yin bo‘ldi. "Arsenal", "Liverpul" va "Siti" futbolchilari allaqachon ko‘p narsalarni boshdan kechirishgan - ular finalga chiqishgan, chempionlik uchun kurashgan. Biz qachondir u yerda bo‘lamiz, lekin hozir biz bundan hali uzoqmiz", - deb tushuntirdi Mareska, u avvalroq "Chelsi" Premyer-ligada g‘alaba uchun kurashishga tayyor emasligini bir necha bor ta’kidlagan.