«Yuventus» markaziy yarim himoyachisi Duglas Luis bor e’tiborini jarohatidan forig‘ bo‘lishga va jamoasiga hissa qo‘shishga qaratmoqda, deydi insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli braziliyalik avvalroq xabar qilinganidek, yanvar oyida Turin klubini tark etishni rejalashtirmayapti.
Ushbu yozda «Yuventus» yarim himoyachi uchun «Aston Villa»ga 51,5 million yevro to‘lagan.