«Yuventus» futbolchisi Kenan Yildiz yaqin orada Angliyadan taklif olishi mumkin.
«Sky Germany» jurnalisti Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 19 yoshli Yildiz «Manchester Yunayted»da hujumkor yarim himoyachi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Qayd etilishicha, «qizil iblislar» Yildizning muvaffaqiyatidan hayratda va uni yaqindan kuzatishda davom etmoqda.
Shu bilan birga, manba Yildizning «Yuventus»ni tark etish niyatida emasligi haqida xabar beradi. Futbolchi Turinda o‘zini qulay his qilmoqda, u yerda muxlislar yoqimtoyi. Turkiyalik futbolchining uzoq muddatli shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Nufuzli «Transfermarkt» portali ekspertlari Kenan Yildizni 40 million yevroga baholamoqda.