Yarim himoyachi Tijani Reynders yaqin kelajakda "Milan" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. CalcioMercato xabariga ko‘ra, tomonlar hozirda to‘rt mavsumlik mehnat shartnomasini muhokama qilishmoqda.
Agar shartnoma uzaytirilsa, Reyndersning maoshi bonuslarni hisobga olmaganda 3,5 million yevroga yetishi mumkin.
Tijani Reynders 2023 yilning yozidan beri "Milan"da o‘ynamoqda. O‘shandan beri yarim himoyachi 67 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.