"Barselona" muxlislari uchun yaxshi yangilik. Himoyachi Ronald Arauxo yaqinda jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarni boshladi. Marca nashri xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchiga jismoniy mashqlar qilishga ruxsat berilgan.
Shu bilan birga, Arauxo yana bir qancha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi mumkinligi qayd etilgan. "Barselona" tavakkal qilishni istamaydi, shu bois 25 yoshli futbolchini maydonga qaytarishga shoshilmaydi.
Xabaringiz bor, Ronald Arauxo yozda olgan jarohati tufayli 2024/2025 yilgi mavsumda hali “Barselona” safida maydonga tushmagan.