«Ayntraxt» Bundesliganing 12-turidan o‘rin olgan bahsda safarda «Xaydenxaym»ni mag‘lub etdi - 4:0.
Mehmonlar hujumchisi Omar Marmush uchrashuvda 2 ta gol urdi, bu uning Germaniya chempionatidagi joriy mavsumdagi to‘rtinchi dublidir. Shu tariqa, 25 yoshli misrlik Bundesligada allaqachon 13 ta gol urdi va peshqadam Xarri Keyndan atigi 1 ta gol ortda qolmoqda. Uchinchi o‘rinda 9 ta gol urgan «Mayns»dan Jonatan Burkard.
Marmush gollaridan tashqari joriy mavsumda 18 ta o‘yinda 11 ta golli uzatma ham amalga oshirdi. U chempionatdagi eng yaxshi assistent hisoblanadi.