Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro qaysi klubda ishlashni istayotganini aytdi.
"Oxirgi haftalarda men chet el klublarining bir nechta takliflarini rad etdim, chunki men Italiyada qolib, "Udineze"dagi ijobiy tajribadan so‘ng A Seriyaning boshqa klubiga ishga kirmoqchiman", - dedi Kannavaro.
Kannavaro Xitoyda ishlagan, u yerda mahalliy klublar va terma jamoaga ustozlik qilgan. Mutaxassis “Guanchjou” bilan Xitoy chempioniga aylandi. Kannavaroning oxirgi ish joyi "Udineze" bo‘lgan.