"Liverpul"ning niderlandiyalik himoyachisi Virjil van Deyk Arne Slot jamoasi uchun mavsum muvaffaqiyatli boshlangani haqida gapirdi.
Mersisaydliklar Premyer-ligadagi dastlabki 7 o‘yinda 18 ochko to‘plashdi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
"Hali qiladigan ishlarimiz bor, lekin har qanday holatda ham bu yaxshi boshlanish. O‘ylaymanki, biz natijalardan xursand bo‘lamiz. Mavsum uzoq bo‘ladi, oldinda ko‘plab o‘yinlar bor. Biz hali yangi murabbiyning talablariga ko‘nikyapmiz, ammo o‘yinimizdagi o‘zgarishlar juda katta deb ayta olmayman. Arne Slotning o‘z tamoyillari va o‘z g‘oyalari borligi aniq, ammo biz buni o‘rganmoqdamiz va moslashyapmiz. Biz qattiq ishlashda va sovuqqonlikni saqlashda davom etishimiz kerak", - deya van Deykning so‘zlarini keltiradi "Liverpul" rasmiy sayti.