«Liverpul» rahbariyati kelasi yoz uchun ikkita transfer maqsadini belgilab oldi, deb xabar beradi "Caughtoffside".
Manba bergan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar Ispaniyaning «Sevilya» klubi himoyachisi Loik Bade va Lissabonning «Sporting» klubi futbolchisi Gonsalu Inasiuga qiziqish bildirmoqda. Bu futbolchilar «qizillar»ning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
"Transfermarkt" portaliga ko‘ra, Badening bozor qiymati 14 million yevroga baholangan. Inasiuning narxi 45 mln.