Argentina terma jamoasining yulduz hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Venesuela terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangani haqida fikr bildirdi.
«Biz dahshatli o‘yin o‘tkazdik. Ketma-ket ikkita aniq uzatma berishning iloji bo‘lmadi. Maysadagi suv tufayli to‘p aylanmadi. Bunday sharoitda o‘ynash juda qiyin», - dedi 37 yoshli hujumchi.