"Valyadolid" bosh murabbiyi Paulo Pessolanoni iste’foga chiqardi.
La Liganing 15-turi doirasidagi o‘yinda klub "Atletiko"ga imkoniyatni boy berdi – 0:5. Bu "Valyadolid"ning joriy mavsumdagi o‘ninchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
41 yoshli urugvaylik mutaxassis 2023 yilning aprelidan buyon jamoada ishlayotgandi. Klub u bilan o‘tgan mavsumda Segundada ikkinchi o‘rinni egalladi.
"Valyadolid" La Liga turnir jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, jamoa 15 o‘yindan keyin 9 ochkoga ega.