Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Li Karsli jamoaning Gresiya bilan uy uchrashuvidagi (1:2) mag‘lubiyati haqida gapirdi.
«Biz o‘yinning ko‘p qismida raqiblarimizdan yomon harakat qildik, bu esa hafsalani pir qildi. Ba’zida muvaffaqiyatsizliklar sodir bo‘ladi - muhimi, ularga qanday munosabatda bo‘lishingiz.
Biz o‘zgarishlar qilishga harakat qildik, maydon markazini kuchaytirmoqchi bo‘ldik, ammo hech narsa ishlamadi. Gollar xatolardan keyin o‘tkazib yuborildi», - dedi «Uch sherlar»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi "ITV" telekanaliga bergan intervyusida.