«PSJ» rahbariyati yozda «Real»ga jo‘nab ketgan Kilian Mbappe o‘rniga o‘z jamoasiga yangi yetakchi qidirmoqda, deb xabar beradi El Nacional.
Parij klubiga yaqin manbalarga ko‘ra, "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfiy "Liverpul" yetakchisi Muhammad Salohning transferini amalga oshirishga harakat qiladi.
Parijliklar shartnomasi 2025-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan misrlik futbolchiga yiliga taxminan 40 million yevro to‘lashga tayyor.