«Bolonya» markaziy himoyachisi Sem Byokema Yevropaning top-klublari nishoniga aylandi.
"Real Madrid" va "Atletiko", shuningdek, "Yuventus" va "Inter" niderlandiyalik futbolchining muvaffaqiyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda, deya xabar beradi insayder Janluka di Marsio.
To‘rtta klub yozgi transfer oynasida markaziy himoyachi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Sem Byokema joriy mavsum “Bolonya” safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.