Frenk Lempard bir necha kun oldin chempionshipdagi "Koventri Siti" bosh murabbiyiga aylangandi.
Mutaxassis o‘zining tayinlanishi haqida gapirdi.
"Britaniyalik murabbiylarga imkoniyat berish kerak. Ba’zida ularga qattiqroq munosabatda bo‘lishadi, ayniqsa sobiq futbolchilarga.
Har qanday vaziyatda murabbiyning holati muhim ahamiyatga ega. Men odamlarning fikriga umuman ahamiyat bermayman.
Men bu yerda o‘tirib, bu dunyoda kimga nimani ko‘rsatishni xohlayotganimni aytmoqchi emasman. Men maqsadga intilaman, odamlarning noto‘g‘ri fikrda ekanligini isbotlashni yaxshi ko‘raman", - dedi Lempard.