“Brayton” hujumchisi Denni Uelbek “Manchester Yunayted”ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi.
“Bularning barchasi taxminlar. Albatta, men Manchesterda tug‘ilganimni hisobga olsak, bu klub bilan doimo bog‘lanib qolaman.
Har doim kimdir nimadirni aytadi, lekin men bor e’tiborimni “Brayton” safida o‘ynashga qaratganman.
Angliya jamoasiga qaytasizmi? Men o‘z terma jamoam libosida ajoyib vaqt o‘tkazdim, ammo hozir barcha fikrlarim o‘z klubim haqida, qolgan hamma narsa amalga oshib ketaveradi", - deya Uelbekning so‘zlarini keltirmoqda talkSPORT.