«Atletiko Madrid» bir qancha vaqtdan beri «Gerta»ning hujumkor yarim himoyachisi Ibrohim Mazani faol kuzatib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 19 yoshli germaniyalik futbolchini Antuan Grizmanning o‘rniga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Transfer kelasi yozdayoq amalga oshishi mumkin.
Mazaning tovon puli 10 million yevro. Unga «Shtutgart» ham da’vogarlik qilmoqda va Premyer-ligadan qiziqish bor.
Joriy mavsumda Maza 16 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.