"Real Madrid" muxlislari uchun xushxabar. Juma kunidan mashg‘ulotlarni boshlagan hujumchi Rodrigo Ispaniya chempionatining navbatdagi o‘yinida maydonga tushishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Madrid jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida gapirib o‘tdi.
"Biz jarohatlardan qiynayapmiz, ammo Rodrigo ertaga qaytadi. Keyingi o‘yinda Tchuameniga ishonishimiz mumkin. Kamavinga ham tez orada safga qaytadi" - dedi Anchelotti jurnalistlarga.
"Real Madrid" ayni damda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yakshanba kuni Karlo Anchelotti shogirdlari “Xetafe”ga qarshi bahs olib boradi.