"Arsenal" himoyachisi Uilyam Saliba YECHL doirasidagi "Sporting"ga qarshi o‘yinda "kanonirlar" safida o‘zining 100-o‘yinini o‘tkazdi. Mikel Arteta bunga o‘z munosabatini bildirdi.
"Uning yoshida bu darajadagi barqarorlik va ijro sifati ajablanarli.
U ajoyib hamkorlikni yaratdi va buning uchun Gabrielga ham katta rahmat aytish kerak", - dedi Arteta.
Saliba "Arsenal" uchun 100 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 2 ta assist bergan.