"Barselona" yarim himoyachisi Gavi og‘ir jarohatidan forig‘ bo‘lib, maydonga qaytishga tayyor.
20 yoshli futbolchi o‘tgan yilning noyabrida Ispaniya terma jamoasi safida o‘ynab yurgan chog‘ida jarohat olgani sababli 11 oy maydonga tusha olmadi. Diario Sportning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Gavining maydonga qaytishi "Barselona"ning "Sevilya" bilan 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinida bo‘lishi mumkin. Yarim himoyachi xalqaro tanaffus tugaguniga qadar kerakli formasini tiklab oladi, avgust oxiridan beri maydonga tushmagan Fermin Lopes ham maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.
Ayni damda Xans-Diter Flik shogirdlari La Ligada "Real"dan 3 ochko oldinda borgan holda peshqadamlik qilmoqda.