Antonio Konte Italiya jamoalarining yevrokuboklardagi natijalari haqida fikr bildirdi.
“Seshanba, chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tgan yevrokubok o‘yinlari Italiyada juda yuqori darajadagi taktika va texnikani ko‘ra boshlaganimizni tasdiqladi. Aks holda “Inter”, “Atalanta” va “Yuve” bunday o‘ynamasdi. Bu turnirlar qanchalik qiyinligini bilaman.
“Milan” ham, “Roma”ni ham unutmang. Menimcha, g‘alabalar kam baholanadi. "Roma" ajoyib jamoa va ular buni "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda ko‘rsatishdi, uni men ham yaxshi bilaman va Premyer-ligada g‘alaba uchun kurashadigan yaxshi tarkibga ega. “Fiorentina” va “Lasio” ham o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatdi.
Italiya futboli ancha o‘sdi va endi buni Yevropaning kuchli jamoalariga qarshi ko‘rsatishi kerak. Ularning barchasini tabriklayman, bu biz davom ettirmoqchi bo‘lgan sayohatimizning bir qismidir", - dedi "Napoli" bosh murabbiyi "Torino" bilan o‘yin oldidan.