Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Belgiya bilan o‘yin (2:2) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bizda eng katta muammolar standart vaziyatlardan foydalanishda yuzaga keldi, o‘yinning o‘zi oson kechdi. Men maydonda juda yaxshi harakatlangan jamoani ko‘rdim. Albatta, qizil kartochka katta rol o‘ynadi, chunki undan so‘ng darhol gol o‘tkazib yubordik. Ammo ikkinchi bo‘limda ham, kamchlikda qolgan vaqtimizda ham yaxshi o‘ynadik", - deya Spaletti so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Italiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvida Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.