Kecha, 27 noyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan “Liverpul” – “Real” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida eng yomon bahoni mehmonlar hujumchisi Kilian Mbappe oldi (2/10).
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi 90 daqiqani maydonda o‘tkazdi va shunga yarasha samarali harakat ko‘rsata olmadi. 61-daqiqada u penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” 0:2 hisobida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Karlo Anchelotti shogirdlari turnir jadvalida 26-o‘rinda.