Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Chempionlar ligasining 5-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi safarda (0:2) jarohat oldi.
22 yoshli fransuz o‘yinning 56-daqiqasida maydonni tark etdi va uning o‘rniga Lukas Vaskes maydonga tushdi. O‘yindan so‘ng "qaymoqranglilar" darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshining jarohati haqida gapirdi.
"U mushakni tortib olgan bo‘lishi mumkin. Keyin tiklanish kamida ikki-uch hafta davom etadi", - dedi Kurtua klub matbuot xizmatiga.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlar doirasida "Real Madrid"ning 9 ta uchrashuvida ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.