Chempionlar ligasining umumiy bosqichining 5-turida "Real"ni mag‘lub etib (2:0) "Liverpul" pley-off bosqichiga yo‘llanmani kafolatladi.
Bundan tashqari, jamoa kuchli 8 talikdan joy oldi va bu bilan pley-off o‘yinlariga ehtiyoj sezmasdan zudlik bilan 1/8 finalga yo‘l oldi.
"Qizillar" 5 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 15 ochko jamg‘argan va birinchi o‘rinda bormoqda.
"Liverpul" joriy Chempionlar ligasida pley-off bosqichiga chiqishni kafolatlagan birinchi klub bo‘ldi.