"Sevilya" yanvar oyida "Brayton"ning chap qanot himoyachisi Valentin Barkoning ijara shartnomasini bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi insayder Fabrisio Romano.
"Sevilya" Barkoni avgust oyida mavsum oxirigacha "Brayton"dan sotib olish imkoniyatisiz ijaraga olgandi. Bu mavsumda Valentin Ispaniya klubi safida 8 ta o‘yin (376 daqiqa) o‘tkazdi.
Barko 2024 yilning yanvarida 10 million yevro evaziga "Boka Xuniors"dan "Brayton"ga o‘tgan.