“Yuventus” hujumchisi Timoti Vea Chempionlar ligasining 5-turida “Aston Villa”ga (0:0) qarshi o‘yinda qayd etilgan durang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz. Axir biz “Yuventus”miz. "Aston Villa" juda yuqori saviyada o‘ynadi. Shunday ekan, durang - yaxshi natija. Biz ishlarga ijobiy qarashimiz kerak", - deya Veaning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Turinliklar 8 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 19-o‘rinda, “Aston Villa” 10 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.