"Benfika" hujumchisi Anxel Di Mariya Chempionlar ligasining 5-turida "Monako"ga qarshi o‘yinda (3:2) eng yaxshi futbolchi deb topildi.
"Anxel butun o‘yin davomida xavfli edi va ikkita muhim golli uzatmani amalga oshirdi, bu jamoani o‘yin oxirida o‘yinga qaytishga ilhomlantirdi," - deya ta’kidladi UYEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.
10 ochko bilan "Monako" turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. "Benfika" 9 ochko jamg‘arib, 14-o‘ringa ko‘tarildi.