Federiko Kyeza uchun tunnel oxirida yorug‘lik bor – italiyalik hujumchi umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytdi va bugungi "Liverpul"ning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yin uchun tarkibga kiritilishi mumkin.
Kyeza ingliz klubiga o‘tganidan beri "Liverpul" libosida bor yo‘g‘i uchta o‘yin o‘tkazdi. Agar u "Real" bilan o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmasa, katta ehtimol bilan yakshanba kuni Angliya chempionati doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kyeza avvalroq Turinning "Yuventus" klubida, "Fiorentina"da ham o‘ynagan. Sentyabr oyining oxirida u kasalxonaga yotqizilgan.