"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi jamoasining Chempionlar ligasidagi maqsadlari haqida gapirdi. Seshanba kuni “neradzurrilar” “RB Leypsig”ni mag‘lub etdi (1:0).
“Inter” 5 turdan keyin 13 ochkoga ega. Qolaversa, Italiya chempioni gol o‘tkazib yubormagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.
"Chempionlar ligasi finali? Bu barcha top-klublar uchun maqsad. Bu ham men uchun maqsad, chunki men “Inter”da ishlayman. Lekin har ikki yarim kunda o‘ynash qanchalik qiyinligini, qancha kuch kerakligini bilamiz. Jamoa bilan omadim keldi. Bu bolalar qattiq ishlashga tayyor", dedi Indzagi.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” oxirgi marta Chempionlar ligasi finalida “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘lgandi.