Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
"Milan"ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau yana asosiy tarkibda maydonga tushmadi. O‘yindan so‘ng undan klub bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan munosabatlari haqida so‘rashdi. Leau hech qanday muammo yo‘qligini aytdi.
"Hammasi hal bo‘ldi, u biladi, men zaxirada o‘tirishni yoqtirmayman, lekin men har doim hissa qo‘shishga tayyorman. Murabbiy bizga o‘z g‘oyalarini o‘rgatadi va biz uni iloji boricha yaxshiroq tushunishga harakat qilamiz", - deya Leau so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.