"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasining 5-turida "Feyenoord"ga qarshi o‘yinning natijalaridan norozi bo‘ldi (3:3). Ispaniyalik matbuot anjumaniga yuzi shilingan holda keldi.
Jurnalistlarning o‘z yuzi haqidagi savoliga u shunday javob berdi: "Men buni o‘z barmoqlarim bilan qildim. O‘zimga zarar yetkazmoqchi edim."