"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Brest"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Kataloniyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 36 yoshli futbolchi 10 va 92-daqiqalarda Liga 1 vakillari darvozasiga aniq zarba yo‘lladi. Endilikda polyakning joriy Chempionlar ligasida urgan gollari 7 taga yetdi - u turnir to‘purarlari ro‘yxatida yagona peshqadam. Ikkinchi o‘rinni yana "Barselona"dan Rafinya Dias, Xarri Keyn ("Bavariya"), Florian Virs ("Bayer"), Erling Xoland ("Manchester Siti") va Viktor Dyokeresh ("Sporting") bo‘lishib turishibdi – har biri beshtadan gol.
Robert Levandovski Chempionlar ligasida urgan gollari soni 100 taga yetgan tarixdagi uchinchi futbolchi bo‘ldi. Endilikda "ko‘k-anorranglilar" forvardi turnirning 125 uchrashuvida 101 ta golga ega.