"Bavariya" himoyachisi Kim Min Chje Chempionlar ligasining 5-turida "PSJ"ga qarshi o‘yinda (1:0) eng yaxshi futbolchi deb topildi. U ushbu uchrashuvda yagona golni urdi.
"U o‘zining goli bilan uchrashuv natijasini belgilab berdi va shu bilan birga o‘zining yakkakurashlarida haqiqiy jismoniy kuchini namoyish etdi," - deya ta’kidladi UYEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.
"Bavariya" 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarildi. "PSJ" esa 26-o‘ringa tushib ketdi (4 ochko).