"Manchester Siti" 35 yil ichida ilk bor o‘yin davomida 3 ta gol farqi bilan oldinda borayotgan holda yakunda g‘alaba qozona olmadi.
Pep Gvardiola shogirdlari Chempionlar ligasining 5-turida "Feyenoord" bilan durang o‘ynadi (3:3), o‘yin davomida ular 3:0 hisobida oldinda borishayotgandi.
"Shaharliklar" oxirgi marta 1989 yilda "Bornmut" bilan o‘yinda (3:3) bunday ustunlik bilan g‘alaba qozona olmagandi.
Bundan tashqari, "Manchester Siti" Chempionlar ligasi tarixida 75-daqiqadan so‘ng 3 gol farqi bilan g‘alaba qozona olmagan birinchi jamoa bo‘ldi.